Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Arsenal" "Atletiko" futbolchisining atrofidagi voqealarni kuzatmoqda

"Arsenal" "Atletiko" futbolchisining atrofidagi voqealarni kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliks faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Pol Braun.

Manba bergan xabarga ko‘ra, London klubi 22 yoshli portugaliyalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda, chunki "kanonirlar" rahbariyatida futbolchiga muxlislik qiluvchilar bor.

Hujumchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 70 million yevroga baholamoqda.

Oldinroq Feliks qishki transfer oynasida "matraschilar"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchiga "PSJ", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda “Atletiko” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 20:16, 20.10.2022.
O'qildi: 1920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик