Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Elshod Rasulov Osiyo chempionatiga tayyorgarlik, yakuniy tarkib va asosiy raqib haqidagi savollarga javob berdi

Elshod Rasulov Osiyo chempionatiga tayyorgarlik, yakuniy tarkib va asosiy raqib haqidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Ushbu musobaqaga O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakillari ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Biz tayyorgarlik jarayoni yuzasidan ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan qiziqdik.

— Osiyo chempionatiga tayyorgarlik qanday o‘tmoqda?
— Iordaniyada o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik yaxshi davom etmoqda. Ayni paytda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib boryapmiz. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini poytaxtimizda, O‘zbekiston boks federasiyasida o‘tkazilmoqda.

— Iordaniyaga boradigan yakuniy tarkibni aniqlab oldingizmi?
— Ayni paytda bizda 20 nafar bokschi nazoratimizda. Osiyo chempionati uchun esa 10 nafar bokschini tanlab olamiz. Demak, hozircha yakuniy tarkib aniq emas. Qit’a birinchiligida 10 ta vazn toifasida ishtirok etamiz. -81 kg hamda +81 kg vazn toifasidagi qizlarimiz ba’zi sabablarga ko‘ra musobaqada qatnashishmaydi. -48, -50, -52, -54, -57, -60, -63, -66, -70, -75 kg vazn toifalarida bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatida medallar uchun kurashishadi.

— Tarkib nima asosida shakllantiriladi?
— Asosiy tarkibda 20 nafar qizimiz bor. Ular o‘z vaznlarida O‘zbekistonda 1 va 2-raqam hisoblanishadi. Tayyorgarlikdan qaysi sportchilarimiz muvaffaqiyatli o‘tsa, kim ruxan va jismonan tayyor bo‘lsa murabbiylar shtabi bilan birgalikda aynan o‘shalarni tanlab olamiz.

— Asosiy raqib sifatida qaysi mamlakat bokschilari kutilmoqda? Xitoy xam tanaffusdan so‘ng Osiyo chempionatida qatnashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
— Yaxshi bilasiz, Osiyoda ayollar bokschi yaxshigina rivojlangan va kuchlilar ko‘p. Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Yaponiya, Koreya, Tailand, Xitoy Taypeyi kabi mamlakat qizlari biz uchun asosiy raqib hisoblanishadi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 21:33, 20.10.2022.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик