Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Ronaldu "MYU" bilan shartnomasini bekor qilmoqchi

Ronaldu "MYU" bilan shartnomasini bekor qilmoqchi

Baho:
+ | -

Portugaliyalik Pedru Almeydaning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilmoqchi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 37 yoshli futbolchining bu qarorga kelishi ehtimoli ortib bormoqda.

Oldinroq klub matbuot xizmati "Manchester Yunayted" hujumchisi "Chelsi"ga qarshi APL 13-tur uchrashuvida ishtirok etmasligi haqida xabar bergandi. Bundan tashqari, The Athletic xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Erik ten Xag portugaliyalikni asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlardan chetlashtirishi, futbolchi esa individual tarzda ishlashi kerak bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan APL 12-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (2:0) qarshi o‘yinning 90-daqiqasida o‘yin yakuniga yetmasdan zaxira o‘rindig‘ini tark etib, kiyinish xonasiga yo‘l olgan edi.

Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted” safida APLda 8ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Kiritildi: 02:44, 21.10.2022.
O'qildi: 2949 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик