"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Vilyarreal"ga qarshi (3:0) La Liganing 10-turida yarim himoyachi Frenki de Yongning o‘yiniga baho berdi.
“Frenki meni eng yaxshi pozisiyasi markaziy yarim himoyada ekanligiga ishontirdi. U juda yaxshi edi, men u uchun xursandman ”, dedi Xavi matbuot anjumanida.
25 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Barsa" 10 ta o‘yindan keyin 25 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.