«Manchester Siti» Premer Liga 13-turi doirasida «Brayton»ga qarshi kechgan bahsda g‘alaba qozondi (3:1).
Uchrashuvda raqib darvozasiga kiritilgan to‘p Pep Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» uchun APL doirasidagi 600-gol bo‘ldi.
Gvardiolaga qadar faqat ikki murabbiy bunday natija qayd eta olgandi. Ular «Manchester Yunayted» sobiq ustozi Aleks Fergyuson va «Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger.