Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Mudirik uchun 35 milliondan voz kechishga tayyor

"Arsenal" Mudirik uchun 35 milliondan voz kechishga tayyor

Baho:
+ | -

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Mixaylo Mudrik Londonning “Arsenal” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi Calciomercato.

Qayd etilishicha, “kanonirlar” Ukraina terma jamoasi futbolchisi uchun 35 million yevro taklif qilishga tayyor.“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchiga shaxsan qiziqish bildirmoqda.

Biroq “Shaxtyor” futbolchi bilan bunday shartlar asosida xayrlashmoqchi emasligi ham qayd etilgan. Jamoa rahbariyati boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqadi, ular orasida Turinning "Yuventus"i ham bor.

21 yoshli ukrainalik futbolchi joriy mavsumda Ukraina Premyer-ligasida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda Chempionlar ligasining to‘rtta o‘yinida Mudrik ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:58, 24.10.2022.
O'qildi: 1326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик