Romelu Lukaku 13 avgustdan beri ilk bor “Inter” safida gol urdi.
Belgiyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Viktoriya" jamoasiga qarshi o‘yinning 83-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, 87-daqiqada yarim himoyachi Xoakin Korreaning uzatmasidan foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu kungacha Lukaku oxirgi marta 26 avgust kuni maydonga tushgandi. So‘nggi bir necha oy ichida u sonidan olgan jarohatini da’volash bilan band edi.