Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Konte: "VAR ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi"

Konte: "VAR ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi"

Baho:
+ | -

"Tottenxem" murabbiyi Antonio Konte Chempionlar ligasi doirasida "Sporting"ga qarshi uy uchrashuvi (1:1) natijasidan norozi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda hakamlar videotakrorlarni tomosha qilib, Xarri Keynning golini bekor qilishdi, bu esa italiyalik mutaxassisni norozi qildi.

“VAR juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Ko‘rishni istardimki, ular qaysidir gigantning stadionida bu golni bekor qilishga jur’at etadimi? Haddan tashqari adolatsizlik.

Ikkinchi bo‘lim yaxshi o‘tdi, biz shiddatli o‘ynadik va g‘alaba qozonishga haqli edik. Ammo natijaga nima to‘sqinlik qilganini hammamiz bilamiz", - dedi Antonio Konte o‘yindan keyin.

So‘nggi tur oldidan “Tottenxem” 8 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. “Sporting” va “Ayntraxt” 7 ochkodan, “Marsel” esa 6 ochkodan jamg‘argan.

Kiritildi: 08:35, 27.10.2022.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик