"Vilyarreal" hujumchisi Yeremi Pinoga "Aston Villa" qiziqish bildirishi mumkin, deya ma’lumot berdi insayder Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, transfer tashabbuskori Birmingem klubining yangi bosh murabbiyi Unai Emeri bo‘lib, u 1 noyabrdan klubda ish boshlaydi. Bungacha ispaniyalik mutaxassis "Vilyarreal"ni boshqargan.
Joriy mavsumda 20 yoshli Pino “sariq suvosti kemasi” safida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













