Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

«Atletiko» YECHL guruh bosqichining eng omadsiz jamoasi

«Atletiko» YECHL guruh bosqichining eng omadsiz jamoasi

Baho:
+ | -

Agar oxirgi turda biror olamshumul voqea bo‘lmasa, guruh bosqichining eng omadsiz jamoasi “Atletiko” degan bo‘lardim. Jamoaning o‘rtacharoq raqiblar ichida 3-o‘rinda (balkim to‘rtinchi) qolib ketishini g‘ayritabiiy omadsizlik bilan bog‘lash mumkin.

Amalga oshirilmagan ikki penalti, agar XG bo‘yicha qarasak, “Atletiko” 5 o‘yinda 9.7 Xg yaratdi – odatda buncha vaziyatdan jamoalar kamida 10-12 ta gol urishadi. Masalan, “Liverpul” jami 10.01 Xg yaratgan va 15 ta gol urgan. Madridliklarning gollari soni – 4 ta. Umuman, guruh masalasini hal qilib bo‘lgan PSJ, “Chelsi”, “Real”, “Bryugge”, “Benfika”, “Portu” kabi jamoalar bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Atletiko”dan ortda.

Va tabiiyki, Antuan Grizmann bilan bog‘liq masxarabozlikning ham ta’siri bor. Esingizda bo‘lsa, mavsum boshida fransiyalik hujumchi to‘liq o‘ynatilmadi, sababi, futbolchining “Atletiko” libosida maydondagi daqiqalari qandaydir limitdan oshsa, “Barselona”ga 40 million yevro pul to‘lashi lozim bo‘lardi. Moliyaviy manfaat bilan futbolning aralashuvi yaxshilikka olib kelmaydi – Grizmann oxirgi uch o‘yinda “Atletiko”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmoqda. Dastlabki o‘yinlarda esa, u doim zaxiradan maydonga tushaverganidan yuqori sport formasiga kira olmagandi. Poyezd esa, qarab turmaydi.

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Bryugge 5 3 1 1 7-4 10
2 Portu 5 3 0 2 10-6 9
3 Atletiko 5 1 2 2 4-7 5
4 Bayer 5 1 1 3 4-8 4

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 18:26, 27.10.2022.
O'qildi: 2664 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.