Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Superkompyuter Jahon chempioni kim bo‘lishini taxmin qildi. Natija sizni hayron qoldirishi aniq

Superkompyuter Jahon chempioni kim bo‘lishini taxmin qildi. Natija sizni hayron qoldirishi aniq

Baho:
+ | -1

Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Butun dunyo eng nufuzli musobaqa startini intizorlik bilan kutmoqda. Yaqindagina "BCA Research" agentligi tomonidan tahlil o‘tkazildi. Unda ishga solingan superkompyuter turnir bahslari natijalarini taxmin qildi. Quyida shu haqida so‘z boradi.

Berilgan ma’lumotlardagi taxminlarda Argentina chempion bo‘lishi aytiladi. Messi boshchiligidagi jamoa finalda Portugaliyani mag‘lub etadi. Tarixda Portugaliya hech qachon Jahon chempionati finalida o‘ynamagan. Ammo bu safar superkompyuter Fernandu Santush shogirdlari imkoniyatini yuqori baholamoqda.
Angliya bu safar ham o‘tgan mundialdagi natijasini takrorlashi aytilgan. Inglizlar yarim finalgacha yetib boradi va u yerda Portugaliyaga penaltilar seriyasida yengiladi. 2006 yilgi Jahon chempionatida ham bu ikki jamoa to‘qnashgan. O‘shanda chorak final bahsida Portugaliya penaltilarda g‘alabaga erishgan.

Angliya terma jamoasi B guruhida o‘rin olgan va guruh bahslarini yetakchi sifatida tugatishi taxmin qilingan. Garet Sautgeyt jamoasi Eron bilan o‘yinda 84 foiz g‘alaba qozonish ehtimoliga ega. AQSH bilan esa bu ko‘rsatkich 54 foizni tashkil etadi. Uels bilan bahsda Angliyaning g‘alaba qozonish imkoniyatlari 77 foiz ekani aytilgan.
Pley-offda inglizlar Senegalni mag‘lub qiladi. Chorak finalda esa Meksika bilan to‘qnash kelib, ustunlikka erishadi.

Angliya, shuningdek, chorak finalda Fransiya bilan ham to‘qnash kelishi mumkin. Ammo amaldagi chempionlar D guruhini ikkinchi o‘rinda tugatishi ehtimoli bilan bu voqea yuz bermaydi.
Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Sem Ellerdays inglizlarni Jahon chempioni bo‘lishiga ishonmoqda. U Angliyaning Qatardagi imkoniyatlarini o‘ta yuqori baholashini bildirgan.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:34, 28.10.2022.
O'qildi: 9076 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик