Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mussa Dembele fransiyalik taniqli ayol hakamga jarohat yetkazdi

Mussa Dembele fransiyalik taniqli ayol hakamga jarohat yetkazdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionati 11-turidan o‘rin olgan «Renn» - «Lion» o‘yini (3:2) g‘ayritabiiy vaziyat bilan boshlandi. To‘g‘rirog‘i, 2-daqiqada mehmon jamoaning baquvvat hujumchisi Mussa Dembele jahon futbolidagi eng mashhur ayol hakamlardan biri Stefani Frapparga urilib ketdi. Jiddiy to‘qnashuv...

Aleksandr Lakazett qarshi hujumga chiqqan pallada «Renn» yarim himoyachisi Sheka uni qoidaga xilof tarzda to‘xtatib qoldi. Frappar xonim shu zahoti hushtak chalib, qo‘pollik ishlatgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatishga chog‘landi. Ayni shu lahzada katta tezlikda oldinga intilgan Mussa Dembele o‘zini to‘xtatolmay, hakam bilan to‘qnashib ketdi - haqiqiy «avariya». E’tiborlisi, Mussa tushmagur faqat Stefani emas, Lakazettni ham yo‘l-yo‘lakay «ag‘dardi». Frappar tezda o‘rnidan turdi va Shekaga nasibasini berdi - «sariq». Biroq shundan so‘ng shifokorlarga murojaat qildi. Ular ayol referiga avvaliga maydonda tibbiy yordam ko‘rsatishdi. Bu vaqtda Lakazett va Dembele Stefaniga yaqinlashib, uzr so‘rashga ham ulgurishdi. Shundan so‘ng Frapparning tribunaosti binosiga borib kelishiga to‘g‘ri keldi. Natijada o‘yin 5 daqiqacha to‘xtab qoldi. Futbolchilar bu vaqtda shunchaki, chigilyozdi mashqlarini bajarib turishdi. Yaxshiki, Frappar qaytdi va o‘yin davom etdi. Yakunda Lakazett «dubl»ga erishdi, ammo «Lion» ortga 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi.

L’Equipe nashri qatorasiga 2 yildan buyon Stefani Frapparni Fransiya futbolida ta’siri eng kuchli 30 nafar kishi qatoriga qo‘shmoqda. U 2019 yildan buyon Liga 1 o‘yinlarida ishlamoqda. Stefani faoliyatidagi qalin chizgilar:

- 2019 yilning iyulida ayollar o‘rtasidagi JCH finalini boshqardi.

- 2019 yilning avgustida Yevropa superkubogi uchun o‘yin («Liverpul» - «Chelsi»)da hakamlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi. Xonim o‘yin davomida Kristian Pulishich va Meyson Maunt urgan gollarni «ofsayd» tashxisi bilan hisobga olmadi va «qizillar» darvozasi tomon penalti belgiladi - barchasi to‘g‘ri qaror.

- 2020 yilning dekabrida CHL o‘yini («Yuventus» - «Dinamo» K.)da ishlagan birinchi ayol hakam bo‘ldi.

- 2021 yilning mart oyida erkaklar o‘rtasidagi JCH saralashi o‘yinida ishlagan birinchi ayol hakam bo‘ldi.

- 2021 yili Yevro-2020ga to‘rtinchi hakam rolida bordi - Yevropa chempionati tarixida hakamlar brigadagiga kirgan birinchi ayol.

Asosiysi, 38 yoshli Frappar JCH-2022 hakamlari ro‘yxatidan joy olgan. Fransiyalik xonimning bo‘yi ancha past, gavtasi kichik (164 santimetrga 55 kilogramm). O‘zining tan olishicha, maydonda obro‘sini saqlash uchun ko‘zgu oldida nigoh tashlash ustida mashq qiladi. Stefani yana maydonda hamisha futbolchilar bilan kamida 1 metr masofa saqlashga urinadi, lekin buning har doim ham iloji yo‘q.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:22, 28.10.2022.
O'qildi: 1340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.