Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Azarga APLning yana bir klubidan qiziqish bor

Azarga APLning yana bir klubidan qiziqish bor

Baho:
+ | -

"Aston Villa" klubi "Real" yarim himoyachisi Eden Azarga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Defense Central.

Birmingemliklarning yangi bosh murabbiyi Unai Emeri transferni ma’qullaydi, chunki u Azarni "jamoaning hujum chizig‘ida yetakchi bo‘la oladigan" futbolchi sifatida ko‘radi.

“Qirollik klubi” 31 yoshli belgiyalik futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan, biroq hozircha hech qaysi jamoa Madridga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid" 2019 yilda Azarning transferi uchun 110 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lagan, bu belgiyalik futbolchini "qaymoqranglilar" tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylantirgan.

Joriy mavsumda Azar klub safida barcha turnirlar doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:05, 02.11.2022.
O'qildi: 1905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик