Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Timur Kapadze: “Ohirgi 5-10 daqiqani inobatga olmasa, hammasi yaxshi”

Timur Kapadze: “Ohirgi 5-10 daqiqani inobatga olmasa, hammasi yaxshi”

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Metallurg” (2:1) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoasining kamchiliklari borligi, mavsum “Olimpik” uchun katta tajriba bo‘lgani va Muhammadali G‘iyosov haqida fikr bildirdi.

“Oxirgi 5-10 daqiqani inobatga olmasa, hammasi yaxshi. Shu daqiqalargacha biz o‘yinni to‘liq nazorat qilgan edik. Muhimi g‘alaba. Kamchiliklar bor va ular ustida ishlaymiz”, - deydi murabbiy.

“Vaziyatlardan foydalana olmaslik bugun kuzatilgan holat emas. Mavsum davomida shu holat kuzatilib kelinayapti. Mahorat, tajriba kabi muhim jihatlar bor. Bular ustida ishlab kelayapmiz. Maydonda ruhiy holatning ham o‘rni bor”

“Jamoamning Superligadagi mavsumidan ko‘nglim to‘layapti. Kuchlilar orasida o‘ynayapmiz. Har bir o‘yin bizga foydali bo‘layapti. Tajriba o‘sdi. Ko‘p durang o‘ynadik. Yutqazgan o‘yinlarimiz ham bizga yutuq bo‘ldi. O‘sha durang o‘ynagan o‘yinlarda ham biz ko‘proq g‘alabaga haqliroq edik. Menga natijadan ko‘ra, shu yigitlarning qanchalik o‘sganligi muhim”

“Muhammadali G‘iyosov bugun yaxshi o‘ynadi. Penalti ishladi. Gol urdi. Ikkinchi golda qatnashdi. Xursandman. Shunday davom etsa, asosiy tarkibdagi o‘rnini mustahkamlaydi”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 06:34, 03.11.2022.
O'qildi: 1204 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик