Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Denis Korostichenko: “Ikkita vaziyat va ikkita gol – natija hal”

Denis Korostichenko: “Ikkita vaziyat va ikkita gol – natija hal”

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” (0:2) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko o‘yin natijasini ikkita vaziyat hal qilganini va Mirko Yelichich jamoani tayyorlashda unga katta yordam berayotganini aytdi.

“Bugungi natijadan qat’iy nazar “Lokomotiv” muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Qiyin ahvolda ekanimizga qaramay, oxirigacha ishonib bizni qo‘llab-quvvatlashayapti. “Navbahor” muxlislarini esa g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bundan ham ortig‘iga loyiqlar. Qolaversa, ular futbolni ham yaxshi tushunishadi. Birinchi davradagi o‘yinimizdan keyin bizni qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishgan edi. “Olimpik”ni ham shunday kuzatishgan edi”, - deydi murabbiy.

“Umuman, “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, ikkita vaziyat va ikkita gol – natija hal”.

“Shu o‘rinda, Mirko Yelichichga minnatdorchilik bildirmoqchiman. U menga jamoani o‘zgartirishda juda katta yordam bermoqda, buni o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Jamoa o‘z o‘yinini o‘zgartirdi, ammo hali beri bizga omad kelmayapti. Yelichich kuchli mutaxassis, unga rahmat”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:56, 04.11.2022.
O'qildi: 1512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик