Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Ingliz klublarining ehtimoliy raqiblari kim bo‘lishi mumkin?

YECHL. Ingliz klublarining ehtimoliy raqiblari kim bo‘lishi mumkin?

Baho:
+ | -

Angliyaning YECHL musobaqasida qatnashayotgan 4 klubi ham nimchorak final bosqichiga qiyinchiliksiz yo‘l oldi. APL sharafini himoya qilayotgan "Manchester Siti", "Chelsi" va "Tottenxem"lar o‘z guruhlarini yetakchi sifatida yakunlagan bo‘lsa, "Liverpul" "Napoli"dan keyingi, ikkinchi pog‘onani egalladi. Shu sababli Yurgen Klopp shogirdlari nimchorak finalda guruh bahslarini yetakchi sifatida tugatgan raqibga duch keladi. Quyida qur’aning ehtimoliy ko‘rinishi haqida gap boradi.

Ushbu qur’aga ko‘ra, "Liverpul" nichorak finalda "Bavariya" bilan to‘qnash keladi. Agar amalda ham shunday bo‘lsa, biz Sadio Manening "Enfild"ga qaytishini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Nemis giganti guruh bahslarini barchasida g‘alabaga erishdi. Shu sababdan o‘ziga, nisbatan osonroq raqib kutishga haqli.
"Liverpul", shuningdek, qur’ada "Real" yoki "Benfika"ga qarshi o‘ynashi ham mumkin. Agarda shunday bo‘lsa, biz Darvin Nunyesning sobiq jamoasiga qarshi chiqishini ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.

"Chelsi" dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan qur’adan ko‘p narsa umid qiladi. Londonliklarga ehtimoliy raqib "Ayntraxt" bo‘ladi. Albatta, bu variant "Chelsi" uchun "PSJ" yoki "Borussiya Dortmund"ga qarshi chiqishdan yaxshiroqdir.
Shuningdek, taxminiy juftliklarda "Tottenxem" va "Bryugge" raqibga aylanishi aytilgan. Antonio Konte faoliyatida YECHLning chorak finalidan uyog‘iga o‘ta olmagan. Agarda haqiqiy qur’ada ham "Bryugge" raqibga aylansa, u holda "Tottenxem"ning imkoniyatlari yaxshiroq bo‘ladi.

Pep Gvardiola jamoasi bo‘lmish "Manchester Siti", "Inter"ga qarshi o‘ynashi aytilgan. Erling Xoland omon bo‘lib tursa, "shaharliklar" uchun "Inter" to‘sig‘idan o‘tish unchalik ham muammo bo‘lmaydi.


"Napoli" o‘z guruhida yetakchi edi. Shu sababdan "BVB" bilan to‘qnash kelish ehtimoli mavjud.
"Real Madrid" esa "Milan"ga duch kelishi aytilgan. Shuningdek, qolgan ikki juftlikdan "PSJ" - "Portu" hamda "Leypsig" - "Benfika" o‘rin olgan.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:00, 05.11.2022.
O'qildi: 2166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.