Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Boks. Mo‘ydinxo‘jayev - Bekbauov o‘rtasidagi «klasiko»da hakamlar g‘alabani qozoq sportchisiga berishdi

Boks. Mo‘ydinxo‘jayev - Bekbauov o‘rtasidagi «klasiko»da hakamlar g‘alabani qozoq sportchisiga berishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Iordaniyadagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun erkaklar o‘rtasida yarim final janglari doirasida ikkinchi "klasiko" bo‘lib o‘tdi. 67 kg vazndagi vakilimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovga qarshi bahs olib bordi.

Bokschilar birinchi bo‘limni nisbatan ehtiyotkorlik bilan o‘tkazishdi va bir-birlarining xatolaridan foydalanishga intilishdi. Hakamlarning 3 nafari ustunlikni qozoq sportchisiga berishdi.

Ikkinchi raundda ham vaziyat deyarli shunday davom etdi. Bu safar 3 hakam Dulatga o‘z ovozini berdi. So‘nggi bo‘lim oldidan hisob 2:1 ko‘rinishga keldi. Jang taqdir so‘nggi raundga qoldi.

Uchinchi bo‘limda har ikki sportchi borlarini berib jang qilishdi. Bir vaziyatda Bekbauovning yuzi yorilib, qon oqib ketdi hamda unga 2 marta tibbiy yordam ko‘rsatildi. So‘nggi 3 daqiqalikda Asadxo‘janing aniq va kuchli chiqa boshladi. Ammo hakamlarning yakuniy bahosi quyidagicha bo‘ldi — 2:3 (28:29, 29:28, 27:30, 28:29, 29:28), Bekbauov foydasiga.  

Shu tariqa, o‘zbekistonlik uchinchi bokschi bronza bilan cheklandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:33, 10.11.2022.
O'qildi: 1809 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.