Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maradona nima uchun Angliyada o‘ynamagan?

Maradona nima uchun Angliyada o‘ynamagan?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Diyego Maradona hech qachon Angliyada o‘ynamagan va 1982 yildan keyin u "tajovuzkor mamlakat"dan kelgan takliflarni deyarli ko‘rib chiqmagan bo‘lardi, ammo The Guardian xabariga ko‘ra, bundan oldin, 1978 yilda Maradona "Sheffild Yunayted"ni tanlash imkoniyatiga ega edi.

O‘shanda u o‘sha yili ikkinchi ligada o‘ynagan bo‘lsa-da, ancha kuchli klub edi. O‘sha paytdagi klub bosh murabbiyi Garri Aslam ataylab Argentinaga o‘yinchilar qidirish uchun borib, Maradonaga e’tibor qaratgan.

U klub rahbariyatiga uni 200 ming funtga sotib olishni taklif qilgan, ammo boshliqlar buni juda qimmat deb bilishgan va birozdan keyin Alexandro Sabellani 160 mingga sotib olishgan.

Qizig‘i shundaki, u keyinchalik Maradonaning Argentina terma jamoasi boshqaruvidagi o‘rinbosarlaridan biri bo‘ldi. Lekin, albatta, u hech qachon maydonga tushmagan.

Kiritildi: 08:40, 11.11.2022.
O'qildi: 2214 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.