Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Boks. Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik jahon chempionini yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi

Boks. Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik jahon chempionini yengib, musobaqa g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ammandagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun erkaklar o‘rtasida final janglari boshlandi. Hozirgina musobaqaning eng qiziqarli janglaridan biri yakunlandi. 51 kg. vaznda jahondagi eng kuchli bokschilardan ikki nafari — Rio-2016 olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va Belgrad-2021 jahon chempionati oltin medal sohibi Saken Bibossinov o‘zaro to‘qnash kelishdi. Vatandoshimiz Serbiyadagi JCHda aynan Sakenga yutqazib qo‘ygandi.

Hamyurtimiz bo‘y va qo‘llarining uzunligi jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan raqibiga nisbatan juda yaxshi taktika qo‘llay oldi. Do‘smatov himoyani mustahkam ushlagan holda raqibiga kutilmaganda zarbalar berdi.

Birinchi bo‘limda hakamlarning 3 nafari Bibossinovga, ikki nafari esa Hasanboyga ustunlikni berishdi. Ikkinchi raundda yurtdoshimiz faollikni oshirdi va bu safar 4 hakamning ovozini olishga muvaffaq bo‘ldi va so‘nggi bo‘lim oldidan yaxshi ustunlikka ega bo‘lib oldi, ammo hali hech narsa hal bo‘lmagandi.

Do‘smatov uchinchi raundda ham raqibining erkin harakatlanishiga imkon bermaslikka intildi va o‘z maqsadiga erishdi. Yakuniy baholar — 4:1 (30:27, 30:27, 29:28, 29:28, 28:29).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:56, 12.11.2022.
O'qildi: 3806 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.