Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Yevropaning ko‘plab top klublarining radarida. O‘yinchi haqida fikrni jamoa bosh direktori lavozimini egallagan Xans-Yoaxim Vaske aytdi.
"O‘ylaymanki, Qatardagi jahon chempionati tugagach, u nimani xohlayotgani haqida oddiy suhbat quramiz. Biz u bilan, uning ota-onasi va, albatta, uning vakillari bilan muloqot qilamiz. U bizga qolishni xohlaydimi yoki ketishni, aytishi kerak. Biz bu masalaga oqilona yondashamiz.
Bu mavzu muhokama qilinmayapti, deb da’vo qilmasligimiz kerak. Shuningdek, moliyaviy muammolarga duch kela olmaymiz", - deydi direktor.