"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Erik-Maksim Chupo-Motingning formasini yuqori baholadi.
Kamerun terma jamoasi futbolchisi Levandovskining sobiq jamoasi “Bavariya” safida so‘nggi 9 o‘yinda 10 ta gol urdi.
- Chupo-Moting yaqinda yangi Levandovskiga aylandi. Bu qadar muvaffaqiyatli bo‘lishini kutganmidingiz?
- Jamoa yaxshi o‘ynasa, forvardga osonroq bo‘ladi. U gol uradi, u yaxshi holatda. Men uni bilaman, u yaxshi yigit.
U gol urganidan xursandman, ammo mavsum uzoq. Men unga faqat omad tilayman va u mavsum oxirigacha shu formada qoladi degan umiddaman”, - dedi Levandovski.