Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi: «Ertaga ajoyib o‘yin bo‘lishiga ishonamiz»

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi: «Ertaga ajoyib o‘yin bo‘lishiga ishonamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Toshkentda Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Qo‘shnilarimiz ustozi Magomed Adiyev bugun matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Qozog‘iston va O‘zbekiston birodarlar hisoblanadi. Shu sababli ham bu derbi mana shu munosabatlarni mustahkamlaydi. Bu kabi derbilarning ahamiyati katta.

Biz raqibimizni hurmat qilamiz. Ertaga o‘z imkoniyatimizni namoyish etmoqchimiz. Qanday hisob bo‘lishini bilmaymiz. Bu futbol. Lekin ajoyib o‘yin bo‘lishiga ishonamiz.

Qozog‘iston TJ futbolchisi Asxad Tagibergan:

— Bir necha yildan beri endi bir-birimizga qarshi o‘ynash nasib etmoqda. Bu o‘yin ajoyib o‘tishiga ishonamiz. Har bir sportchi o‘zi ishtirok etadigan o‘yinlarda g‘alaba qozonishni xohlaydi. Xususan, ertaga biz ham g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.

O‘zbekistonda texnik jihatdan yaxshi futbolchilar bor. O‘yinga kelsak, kim g‘alaba qozonishi haqida hammaning o‘z fikri bor. Biz ham o‘z o‘yinimizni namoyish etib, g‘alaba qozonmoqchimiz. Ayta olamanki, ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi.

Igor Sergeev bilan o‘yin haqida gaplashdik. U kim kuchliroq bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonishi haqida aytib o‘tdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:55, 15.11.2022.
O'qildi: 2996 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик