Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bobur Zuhriddinov: «Jismoniy holatimizdagi muammolar mag‘lubiyatlarga sabab bo‘ldi»

Bobur Zuhriddinov: «Jismoniy holatimizdagi muammolar mag‘lubiyatlarga sabab bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Pro liga 27-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Turon” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov ishtirok etdi.

O‘yin haqida
— Avvalo “Turon”ni g‘alaba bilan tabriklayman, ularning keyingi o‘yiniga omad tilayman. O‘yinni yaxshi boshlagandik. Ammo birinchi bo‘lim oxirida o‘tkazib yuborgan golimiz futbolchilarimiz ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa ikkinchi bo‘limda bizga biroz qiyin bo‘lishiga olib keldi. Ammo yigitlar oxirigacha kurashdik va harakat qilishdi. Buning uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiramiz. “Xorazm” bilan o‘yinda ham barvaqt qizil olganimiz ham jamoaning jismoniy holatiga ta’sir qilgandi.

— “Mash’al”ning bu mavsumdagi natijalariga baho bersangiz...
— Jamoa har doim o‘z oldiga yuqori maqsad qo‘yadi. Bu yil, ayniqsa, ikkinchi davrada ko‘p ochko yo‘qotdik. Bunga nima sabab bo‘lganiga ko‘p omillarni ko‘rsatish mumkin. Balki jismoniy holat yoki psixologik ta’sir qilgandir. Yana boshqa jihat bo‘lgandir. Ammo buni mavsum yakunida o‘rganib chiqamiz. Bu yil vazifani bajara olmadik. Buning uchun uzr so‘raymiz. Yo‘l qo‘yilgan xatolarni kelgusi mavsumda takrorlamaslikka harakat qilamiz.

— Bu yil jamoa oldiga qanday maqsad qo‘yilgandi?
— Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Bu futbol. Unda hamma narsa ro‘y beradi. Ba’zi jihatlar yetishmadi deb aytib o‘tdim. Asosan jismoniy holatimizda muammolar kuzatild. Ko‘p mag‘lubiyatlarga aynan shu jihat yetishmasligi sabab bo‘ldi deya olaman.

— Legionerlar haqida fikringiz?
— Dastlab ular yaxshi taassurot qoldirayotgandi. Negadir ikkinchi davraga kelib legionerlarda ham pasayish kuzatildi. Men buni moliyaviy jihatga bog‘lamayman. Chunki bu borada katta muammo yo‘q. Nazarimda, moslashib ketishda qiyinchilikka duch keldi.

— Kelgusi yilda ham jamoa legioner xizmatidan foydalanadimi?
— To‘g‘risi, bu savolga javob bera olmayman. Rahbariyat ko‘rib chiqib, bir xulosaga keladi. Men shuni ayta olamanki, “Mash’al” kelasi yilda yanada kuchli bo‘lib, vazifani bajarish uchun intiladi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 10:20, 17.11.2022.
O'qildi: 1504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик