Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

Taekvondo bo‘yicha JCH. Ulug‘bek Rashitov medalgacha yetib bora olmadi

Taekvondo bo‘yicha JCH. Ulug‘bek Rashitov medalgacha yetib bora olmadi

Baho:
+ | -

Meksikaning Gvadalaxara shahrida Taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning uchinchi kun bahslari yakunlandi.

Afsuski, unda ishtirok etgan ikki nafar hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) va Zarnigor Husniddinova (-49 kg) sovrindorlar qatoridan joy olisholmadi.

O‘z vaznining yetakchilaridan biri hisoblangan Ulug‘bek Rashitov birinchi bosqichdan ozod etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda u puerto-rikalik sportchini osonlik bilan mag‘lub etdi.

Nimchorak finalga hamyurtimizga ozarboyjonlik Javad Og‘ayev raqiblik qildi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, inobatga olinmagan zarbalar tufayli ustunlik ozar taekvondochisiga berildi. Ikkinchi raudda esa Ulug‘bek 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, raundlar bo‘yicha hisobni tenglashtirdi. Uchinchi bo‘limda esa Og‘ayev 6:5 hisobida g‘alaba qozondi va olimpiada chempionini musobaqadan chiqarib yubordi. Javadning o‘zi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Zarnigor Husniddinova esa ilk bosqichdayoq marokashlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.

Ushbu kunda shohsupaga ko‘tarilgan taekvondochilar:

Erkaklar, -68 kg:
1. Do-YUn Kvon (Koreya Respublikasi)
2. Bredli Sinden (Buyuk Britaniya)
3.  Javod Agayev (Ozarbayjon)
3. Rizo Kalxor (Eron)

Ayollar, -49 kg:
1. Daniyela Souza (Meksika)
2. Guo Sin (Xitoy)
3. Dunyo Abutolib (Saudiya Arabistoni)
3. Panipak Vongpattanakit (Tailand)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:52, 17.11.2022.
O'qildi: 2117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик