Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

ESPN talqini bo‘yicha JCH yulduzlar ro‘yxati tuzildi

ESPN talqini bo‘yicha JCH yulduzlar ro‘yxati tuzildi

Baho:
+ | -

ESPN jurnalistlari shu dam olish kunlari Qatarda boshlanadigan 2022 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi yulduz futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.

Xorij OAVning yozishicha, turnirning eng yaxshi futbolchisi fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe hisoblanadi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni uning hamyurti Karim Benzema egalladi. Kuchli uchlikni Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne yakunladi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi to‘rtinchi, Polsha terma jamoasining eng yaxshi to‘purari Robert Levandovski esa beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Faoliyatida qiyin davrni boshdan kechirayotgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bor-yo‘g‘i 20-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 11:12, 17.11.2022.
O'qildi: 2281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.