Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Kamavingaga kutilmagan xaridor chiqdi

Kamavingaga kutilmagan xaridor chiqdi

Baho:
+ | -

«Real»ning fransuzlik yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga «Galatasaroy» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Yag‘iz Sabunjo‘g‘li xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Galatasaroy» 23 yoshli xavbek haqida allaqachon ma’lumot to‘plashni boshlagan. Ammo Turkiya klubi hozircha «Real»ga rasmiy taklif bilan chiqmagani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Yarim himoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholashmoqda.

Kiritildi: 12:07, 20.05.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик