Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Argentinaning JCH uchun qaydnomasida o‘zgarish bo‘lishi mumkin

Argentinaning JCH uchun qaydnomasida o‘zgarish bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2022 uchun terma jamoaning yakuniy tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini aytdi.

16 noyabr, chorshanba kuni argentinaliklar o‘rtoqlik uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklarini mag‘lub etishdi (5:0).

"26 nafar futbolchidan iborat ro‘yxat o‘zgarishi ehtimoli bor. Ko‘raylikchi. Bizda 100 foiz tayyor bo‘lmagan futbolchilar bor. Biz ehtiyot bo‘lishni va ular qanday rivojlanayotganini ko‘rishni istaymiz", - dedi Skaloni Diario Sport nashriga.

JCH-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi guruhda Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan o‘ynaydi. Birinchi o‘yinda argentinaliklar 22 noyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 15:00) saudiyaliklar bilan to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 19:09, 17.11.2022.
O'qildi: 2364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик