Garri Maguayr Angliya terma jamoasining JCH-2022 doirasidagi Eronga qarshi o‘yinida (6:2) jarohat oldi.
67-daqiqada Angliya va “Manchester Yunayted” himoyachisi maydonga o‘tirib oldi. Shifokorlar uning oldiga yugurib borib, futbolchining miyasi chayqalgan yoki yo‘qligini tekshirishdi.
70-daqiqada Maguayr o‘rniga Erik Dayer maydonga tushdi.