“Napoli” koreyalik himoyachi Kim Min Chjening jarohatidan xavotirda, deya xabar beradi La Republicca. Neapollik himoyachi JCH-2022 guruh bosqichida Ganaga qarshi o‘yinda (2:3) boldirini jarohatlagan edi.
Hozir futbolchi Osiyo terma jamoasi shifokorlari nazoratida.
Mavsumning birinchi yarmida 26 yoshli himoyachi “Napoli” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.