Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

U Levandovski, Kagava va Gyundoganni kashf qildi va 2018 yilda "Arsenal"ni Obameyang uchun 64 million yevro to‘lashga ko‘ndirgan. “Liverpul”ning yangi sport direktori haqida nimalarni bilasiz?

U Levandovski, Kagava va Gyundoganni kashf qildi va 2018 yilda "Arsenal"ni Obameyang uchun 64 million yevro to‘lashga ko‘ndirgan. “Liverpul”ning yangi sport direktori haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta The Athletic nashri "Liverpul"ning amaldagi sport direktori Julian Uord tez orada iste’foga chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Ehtimol, bu lavozimni Sven Mislinstat egallaydi.

"Shtutgart"dan oldin Sven Dortmund va "Arsenal"da ishlagan va shu yerda o‘z nomini qozongan. Keling, Mislinstatning faoliyatidagi eng yaxshi qarorlari unga "Liverpul" ishonchini qozonishga yordam berganini ko‘rib chiqamiz.

• "Serezo Osaka"dan Shinji Kagavaning transferi

2010 yilda Dortmund Yaponiyaning eng yaxshi iqtidorli futbolchilaridan birini bepul qo‘lga kiritdi. Kagava ikki yil davomida Kloppning asosiy o‘yinchisi bo‘ldi, keyin esa "Manchester Yunayted"ga 16 million yevroga sotildi.

• "Lex"dan Robert Levandovski

Bir nechta jamoalar Levandovski bilan tavakkal qilishga tayyor edi, uni odatiy britaniyalik hujumchi va Ikkinchi divizion o‘yinchisi deb atashgan. Hammasi 2010 yilning yozida Robertni "Blekbern" bilan shartnoma imzolashga qarab ketayotgan edi, ammo Mislinstat vaziyatga aralashib, Dortmundni Leva bilan shartnoma imzolashga ko‘ndiradi.

Polsha klubiga o‘tkazilgan besh million yevro "Borussiya"ga zamonaviy tarixdagi eng yaxshi yillarni olib keldi: Bundesligada ikkita g‘alaba va Chempionlar ligasida kumush medal.

• "Nyurnberg"dan Ilkay Gyundogan

Gyundogan ham Mislintatning kashfiyotlaridan biri. 2011 yilda dortmundliklar uning uchun 5,5 million yevro to‘lagan bo‘lsa, 5 yildan so‘ng "Man Siti"ga 27 ga sotdi.

Milsinstatning eng katta transferi - Obameyang. Sven Arsen Venger va "Arsenal" rahbarlarini gabonlik hujumchi uchun 64 million yevro to‘lashga ko‘ndirgan. Obameyang Dortmundda porladi, Mislinstat esa futbolchini shaxsan tanir edi - tavakkal transfer Londonda o‘zini oqladi desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

Keyinchalik, Obameyang "Arsenal"da turli xil muammolarga o‘ralashib qoldi va aynan shu muammolar sabab "Barselona"ga o‘tdi, ammo unutmangki, Pyer-Emerik londonliklar uchun 163 o‘yinda 92 ta gol urgan.

Kiritildi: 02:36, 03.12.2022.
O'qildi: 26935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.