"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro "qizil iblislar" muxlislarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. 30 yoshli braziliyalik futbolchi hech qachon bunday muxlislarni ko‘rmaganligini aytdi.
“Biz muxlislarimizdan boshqa hech narsa so‘ra olmaymiz, shuning uchun ularga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytmoqchiman. Men hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman", - deya o‘z ijtimoiy tarmoqlarida yarim himoyachining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Manchester Yunayted» matbuot xizmati.