Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Jahon chempionatining eng g‘ayrioddiy stadioni haqida

Jahon chempionatining eng g‘ayrioddiy stadioni haqida

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining eng g‘ayritabiiy stadioni va ehtimol, jahon chempionatlari tarixidagi eng original yechimga ega arenadir, "974" arenasi 30 ming tonna po‘lat konstruksiyalar va 974 ta yuk konteynerlaridan qurilgan. O‘yingoh nomlanishi ham aynan shundan kelib chiqqan. Stadionning barcha intererlari - kiyinish, hakamlar xonasi va boshqalar qayta ishlangan konteynerlar ichida joylashgan.

Eng ajablanarlisi ushbu yangi qurilgan stadion buzib tashlanadi. Ushbu maydonda o‘tkazilgan so‘nggi bahs Braziliya - Janubiy Koreya o‘yini bo‘ldi. Stadion qurilishida ishlatilgan konteynerlar yuk tashish kompaniyalariga beriladi. 30 ming tonna metall konstruksiyalar ham sotib yuboriladi. Ulardan xuddi shu loyihaga o‘xshash stadionni yig‘ish mumkin. 2021 yil 30 noyabrda qurilgan stadion bir yildan keyin buzib tashlanganadigan FIFA tarixidagi birinchi inshoot hisoblanadi.

Umuman olganda "974" mundialdan keyin buzib tashlanadigan yoki rekonstruksiya qilinadigan yagona o‘yingoh emas. Misol uchun Jahon chempionati yakunlangach, ayni damda 60 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Al-Bayt” stadioni sig‘imi 32 ming tomoshabinga tushadi, bu yerda mahalliy “Al-Xur” jamoasi o‘yinlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Arena atrofidagi binolar qulay besh yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi. Stadionda savdo markazi, fud-kort va sport zallari tashkil etiladi. O‘yingoh atrofida dam olish maskanlari, yugurish va velosport yo‘laklari, shuningdek, ot minish joylaridan iborat katta istirohat bog‘i quriladi.

Mundialdan keyin buzib tashlanadigan navbatdagi stadion 80 ming muxlisga mo‘ljallangan "Lusail Arena"si. Ushbu stadion buzib tashlanib ko‘p funksiyali markaz sifatida qayta quriladi. U yerda maktab, do‘konlar, poliklinika joylashadi. Rejaga ko‘ra, bu markaz shu atrofda qurilayotgan turar joy massivining diqqatga sazovor joyiga aylanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari "As-Sumama", "Ahmad Bin Ali" hamda "Al-Janub" stadionlarining sig‘imi ikki barobarga qisqartirilib, 40 ming o‘rindiqdan 20 mingga tushiriladi. "Edukeyshn Siti" stadioni sig‘imi esa 45 mingdan 25 mingga kamaytiriladi. Qatar o‘ziga xos loyihalar asosida qurgan stadionlarining bunday transformasiya kishilarda o‘ziga xos hayrat uyg‘otadi.

Kiritildi: 16:55, 06.12.2022.
O'qildi: 5073 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.