Portugaliya - Shveysariya uchrashuvining asosiy voqeasi uchrashuv boshlanishiga bir yarim soat qolganida sodir bo‘ldi. Ya’ni, Krishtianu Ronaldu zaxira o‘rindig‘ida qoldi!
Bu yerda hech qanday jarohat yo‘q edi - ehtimol bosh murabbiy Fernando Santushning irodali qaroridir.
Bu Janubiy Koreya bilan 3-tur uchrashuvida (1:2) shov-shuvli almashtirishdan keyin sodir bo‘ldi - Ronaldu maydonni tark etib, murabbiyga qarab bir nimalar dedi. Bundan kelib chiqib ikki o‘rtada kelishmovchilik bo‘lgan deya taxmin qilish mumkin. Biroq murabbiy boshqa narsa xususida gapirdi.
«Maydonda u bilan bog‘liq hech narsa eshitmadim, Ronaldu mendan juda ham uzoqda edi. Faqat koreys futbolchisi bilan janjallashayotganini eshitdim. Fotosuratni ko‘rdimmi? Ha (aftidan, gap Krishtianuning Fernandoga nimadir deb baqirayotgan kadr haqida ketyapti). Men buni qanday qabul qildim? Menga umuman yoqmadi. Ammo bunday masalalar yopiq eshiklar ortida hal qilinadi. Hozir Shveysariya bilan o‘yin haqida o‘ylayapmiz. Endi masala yopiq eshiklar ortida hal qilindi», - deya tushuntirdi Santush.
Portugaliyalik muxlislar aynan shuni so‘rashdi. Shveysariya bilan o‘yin oldidan mamlakatning asosiy sport nashri A Bola Ronalduni zaxirada qoldirish kerakmi degan savolga javob so‘rovi o‘tkazdi. Ishtirokchilarning 70 foizi ijobiy javob berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Santush ko‘pchilikning xohishini amalga oshirgan. Qat’iy qaror!
Ronaldu 2022 yilgi jahon chempionatida kamroq o‘yin o‘tkazmoqda. Shveysariya bilan o‘yin uchun zaxira - bu tendensiyaning mantiqiy davomi.
• Ganaga qarshi o‘yin (3:2) - 88-daqiqada almashtirish.
• Urugvay bilan o‘yin (2:0) - 82-daqiqada almashtirish.
• Janubiy Koreya bilan o‘yin - 65-daqiqada almashtirish.
Qachon Ronaldu o‘yinning ayrim sabablari tufayli yirik turnirlarda zaxirada qolib ketgan?
18 yil oldin! Yevro-2004 guruh bosqichida Rossiya — Portugaliya o‘yinida Ronaldu 78-daqiqada Luish Figu o‘rniga maydonga tushgan.
Shundan so‘ng yana bir nechta holatlar bo‘ldi (Evro-2008da Shveysariya bilan va 2006 yilgi Jahon chempionatida Meksika bilan), lekin ikkala holatda ham o‘yinlar turnir ahamiyatiga ega emas edi - o‘sha paytda Portugaliya allaqachon guruhdan chiqishni kafolatlagan.
Ronaldu bunga qanday munosabatda bo‘ldi?
Kunning ikkinchi yarmida u ijtimoiy tarmoqlarda faqat motivasion xabar qoldirdi: «Bugun Portugaliya kuni! Barcha Portugallar kuni!
Bugun o‘zimizdagi barcha orzularimiz amalga oshishi kerak bo‘lgan kun! Keling, qo‘limizdan kelganini qilaylik!»
Nima bo‘lgan taqdirda ham Krishning yoshi o‘tib borayotganini muxlis sifatida tan olishga majburmiz. Biroq u va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar bundan buyog‘iga qiziq tus olib borishi turgan gap.