Ispaniya terma jamoasi yaqin orada terma jamoa bosh murabbiyligi borasida yakuniy qarorni qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, kecha ispanlar JCH nimchorak finalida Marokashga imkoniyatni boy berib (0:0, pen - 0:3) musobaqa bilan xayrlashdi.
Qayd etilishicha, Luis Enrike o‘z lavozimidan ketgan taqdrida Ispaniya boshqaruviga Roberto Martines kelishi mumkin. Martines Belgiya bilan JCH guruh bosqichida o‘z yurishini to‘xtatgani sabab iste’foga chiqarilgandi.