Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu so‘nggi vaqtlarda o‘z atrofida chiqayotgan turli mish-mishlarni rad etdi.
“Bu jamoa shu qadar birlashganki, uni tashqi omillar, bunday gaplar bilan ichki muhit buzib bo‘lmaydi.
Bu o‘z orzusi uchun oxirigacha kurashadigan haqiqiy jamoa”, - dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya JCH chorak finalida Marokash bilan to‘qnash keladi. Bahs 10 dekabr Toshkent vaqti bilan 20:00'da start oladi.