Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Kim unga ega chiqadi? Bellingem uchun da’vogar besh klub

Kim unga ega chiqadi? Bellingem uchun da’vogar besh klub

Baho:
+ | -

Bellingem Jahon chempionatida porlayotgan nomlardan biri sanaladi. 19 yoshli yarim himoyachi uchun allaqachon top-klublar da’vo qila boshlagan. 2021 yilda «Borussiya Dortmund» Bellingem bilan yangi bitim tuzgandi. Bugun esa jahon sahnida uning nimalarga qodir ekani ayon bo‘lmoqda. Oktyabr oyida Jud Bellingem o‘zi haqidagi mish-mishlar haqida shunday degandi: «Sizlar (matbout) mendan jahlingiz chiqishi mumkin. Chunki sizlar kutgan voqea men bilan sodir bo‘lmayapti. Ammo mening fikrim faqat jamoamning keyingi o‘yiniga qaratilgan».
Quyida Angliya terma jamoasi a’zosining ehtimoliy besh manzili haqida gap boradi.

«Liverpul»

Mersisaydliklar Bellingemni sotib olishga eng jiddiy da’vogarlardan biridir. Bunda «Liverpul»ning yarim himoyadagi muammolari bilan birga Kloppning «BVB» bilan aloqalari muhim o‘rin tutishi kutilmoqda. Qolaversa, Bellingem «qizillar» sardori Jordan Xenderson bilan yaxshi aka-ukachilik munosabatlariga ega.

«MYU»

Yozda yarim himoya uchun Kazemiro va Eriksen keltirildi. Ammo jamoaga yana bir maydonning har ikki tomonidan o‘ynay oladigan futbolchi zarur. Fred va Maktominay bu darajada emas. Bellingemning «MYU»ga bo‘lgan moyilligi bor desak xato qilamiz. Ammo baribir «qizil iblislar» poygada qatnashib ko‘radi.

«Manchester Siti»

Amaldagi Angliya chempionlari maydon markazi uchun Kalvin Fillipsni xarid qilgandi. Ta’sir jihatdan bu transfer nolga teng bo‘ldi. Ammo Bellingemning kelishi Gvardiolaga yanada katta imkoniyatlar beradi.

«Chelsi»

Bu klubning yangi egasi bo‘lmish Todd Byoli 19 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqib qolgan. Boz ustiga, Kante va Jorjinyo mavsum so‘ngida erkin agentga aylanadi. Shu sabab «Chelsi»ga Bellingem kabi futbolchi zarur.

«Real Madrid»

Bellingemga qiziquvchilar orasida «qirollik klubi» ham mavjud. Yevropa chempionlari uni sotib olishga qattiq ishonmoqda. Ha, bu yo‘lda hattoki «Real» ham katta qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Ammo Bellingem kabi futbolchilarga erishish Florintino Peresga qiyinchilik tug‘dirmaydi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:29, 09.12.2022.
O'qildi: 1846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.