"Milan" hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi The Sun.
Qayd etilishicha, 23 yoshli portugaliyalik transferiga "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Rossonerilar" futbolchiga 150 million yevro narx belgilagan.
Avvalroq "Milan" Leauga yiliga 7 million yevrolik yangi shartnoma taklif qilgandi.