Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Diyor Imomxo‘jayev «Dinamo» muammolari haqida ma’lumot berdi

Diyor Imomxo‘jayev «Dinamo» muammolari haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Samarqand jamoasi Superliga va Pro liga o‘rtasida ovora. Tizimli muammolar hal qilinmas ekan, bu jarayon uzluksiz davom etishi ehtimol. «Dinamo» 2023 yilni Superligaga qaytish uchun emas, tom ma’noda professional klubga aylanish uchun o‘tkazishi to‘g‘riroq. Muammolar:

— klub balansida deyarli hech narsa yo‘q, sarf-harajat asosan ko‘chmanchi murabbiy va futbolchilarning oylik-maoshi, mukofot pullaridan iborat;

— Qorasuvdagi BO‘FM moddiy-texnik bazani rivojlantirishga muhtoj;

— klub mashg‘ulot maydoni mavjud bo‘lgan bazaga ega emas;

— klub «Dinamo» stadionidan foydalanish uchun Milliy gvardiyaga ijara haqi to‘laydi va chiptalardan daromad ko‘rmaydi.

Superliga talabiga javob beradigan 11 ta ham klub yo‘q deymiz-ku.  

«Dinamo» so‘nggi uch yilda ikki narsani o‘rgandi:

— mavsumni qarzlarsiz yopish («Dinamo» hisob-raqamida mablag‘i mavjud bo‘lgan kam sonli klublardan biri, klubda vijdonli kishilar ishlayapti);

— minimal harajat bilan Superligaga qaytish (2021 yil bu borada «Dinamo» hammaga o‘rnak bo‘lgan).

Bu yerda viloyat hokimi jamoa uchun pul topa olyapti, klub homiylari uni rivojlantirishga tayyor, klubda futbolni ichidan biladigan mutaxassislar faoliyat olib boryapti. Gap faqatgina aniq pozisiya va maqsadni belgilab olishda qolgan. Holat o‘zgarishi uchun birlamchi maqsad Superliga bo‘lmasligi kerak. 2023 yilni:

— klub bazasini qurish;

— BO‘FM uchun yotoqxona qurish va maktab normal ishlashini ta’minlash;

— stadion masalasini hal qilish kabi masalalarga bag‘ishlash mumkin.

Mana shu holatda «Dinamo» o‘rinbosarlari safida yetishib chiqayotgan yosh mahalliy futbolchilarga 2023 yil davomida Pro ligada tajriba to‘plash imkoniyati taqdim etiladi. Aks holatda esa qandaydir mutaxassis yana o‘sha-o‘sha ko‘chmanchi yulduzlar bilan Superligaga qaytish rejasini ishlab chiqadi, biroq professional bo‘lmagan bunday jamoa yana o‘sha-o‘sha chempionatda jon saqlash uchun kurashib yuradi, bundan viloyat futboli hech narsa yutmaydi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 19:54, 13.12.2022.
O'qildi: 1863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.