Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Julio Sezar JCH-2022 finalidan nima kutayotganini aytdi.
“Braziliyalik sifatida Fransiyani qo‘llab-quvvatlashim kerak. Men Messini yaxshi ko‘raman, men uchun u aql bovar qilmaydigan. Ammo Braziliya finalga chiqqanida, argentinaliklar ham Fransiyani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Keling, hozir ikkiyuzlamachilik qilmaylik, maylimi?" - deydi sobiq darvozabon.
Braziliya turnirning chorak finalida Xorvatiyaga imkoniyatni boy berib (1:1, 2:4-pen.) jahon chempionatini tark etgan edi.