Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Benzemaning ahvoli qanday?

Benzemaning ahvoli qanday?

Baho:
+ | -

Oktyabr oyi o‘rtalarida Karim Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi, bir oydan keyin esa 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak edi. Ammo kuzning o‘rtalaridan boshlab barcha rejalar buzildi.

Natijada Qatar stadionlaridagi muxlislar dunyoning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi o‘yinlarini ko‘ra olishmadi.

Benzemada qanday jarohat bor edi?

Benzema "Real Madrid"ning xalqaro tanaffusgacha bo‘lgan oltita o‘yinidan faqat bittasida maydonga tushdi - hatto u yerda ham yarim soatgina harakat qildi. Guti JCH oldidan hujumchi ehtiyotkor bo‘lganiga shama qilgandi, Karlo Anchelotti esa bu variantni rad etdi.

Fransiya bosh murabbiyi Didye Desham ham Benzemaga ishonch bildirgandi. Taxminlar optimistik edi - Benzema jahon chempionatida o‘ynaydi va hatto, ehtimol, birinchi o‘yinda maydonga tushadi. Ammo start kuni xabar tarqaldi - Benzema turnirni to‘liq o‘tkazib yuboradi. Sababi - chap sonning to‘rt boshli mushaklarining shikastlanishi. "Mashg‘ulotlarda u ishladi va keraksiz epizodda jarohat oldi", - deya izoh berdi Desham.

Bir hafta oldin jarohat olgan Kimpembe va Nkunku o‘rniga Disasi va Kolo Muani termaga chaqirildi. Ammo Fransiya Benzemaning o‘rniga hech kimni taklif qilmadi va 25 nafar sog‘lom futbolchini qaydnomada qoldirdi.

Benzema tarkibda qolgan, ammo jamoa joylashgan joyini tark etgan edi.

Ular Benzemaning ketishi atmosferani yaxshilaganini yozishdi

L'Equipe nashri o‘yinchilar Benzema ketganidan keyin o‘zlarini yengil his qilishganini, bungacha yoshlar Karim atrofida o‘zini noqulay his qilganini, hozir esa hamma maroqli ishlayotganini yozdi. ESPN ham shuningdek, Urugvay terma jamoasining sobiq sardori Diyego Luganoning so‘zlariga e’tibor qaratdi: "Men Fransiya terma jamoasining ba’zi futbolchilari bilan o‘ynadim. Ishonchim komilki, Benzema jahon chempionatida o‘ynamasligidan xursand bo‘lganlar bor”.

Shuningdek, jarohatdan keyin Benzemani xonasiga faqat Markus Tyuram tashrif buyurgani aytilgan.

Orelyen Tchuameni atmosfera haqidagi mish-mishlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi deb atdi: "U terma jamoada bo‘lganida hammasi yaxshi edi". Eduardo Kamavinga esa nega Benzema bilan xayrlashmaganini aytdi: "U bizga buni aytolmadi va erta tongda mehmonxonadan ketdi".

O‘sha L'Equipe nashri Benzema va Desham o‘rtasidagi keskin munosabatlar haqida gapirdi: ular hech qachon "bir xil fikrda bo‘lmagan", "Oltin to‘p"ni topshirish marosimidagi nutqida hujumchi unga rahmat aytmaganidan murabbiy xafa bo‘lgan.

Benzema jarohatdan keyin nima qildi? Dam oldi va jamoani qo‘llab-quvvatladi

Noyabr oyi oxirida Benzema Hind okeanidagi Reyunion oroliga jo‘nab ketdi. U 2009 yilda u yerga sayohat qilgan va baxtmiz hodisaga uchragandi. U orolga qizi bilan dam olishga bordi va ijtimoiy tarmoqlarda yoqimli rasmlarni nashr qildi.

Oradan bir-ikki hafta o‘tgach, Karim Fransiya yarim finalga chiqqanida uni qo‘llab-quvvatlab post yozdi: “Qani, bolalar! Yana ikkita o‘yin, biz deyarli u yerdamiz." Fransiya terma jamoasi, futbolchining sobiq klubi “Lion” va Tyuram bu postga emoji orqali izoh berishdi.

Mashg‘ulotlar boshlandi - ispan nashrlari darhol jahon chempionati haqida yoza boshlashdi

9 dekabr kuni Benzema individual mashg‘ulotlar uchun "Real Madrid"ga qaytdi. Klub Benzemaning Alaba bilan qizib olayotgan va Anchelotti bilan qo‘l berib ko‘rishgani tasvirini e’lon qildi.

Jahon chempionatida o‘ynash imkoniyati haqidagi gaplar Marca nashrini hayajonga soldi. Muallif Santyago Sigeyroning so‘zlariga ko‘ra, Benzema Fransiya terma jamoasi safida pley-offda o‘ynashi mumkin edi - u allaqachon jarohatidan forig‘ bo‘lgan, bunday o‘yinchini rad etib bo‘lmaydi, Desham esa tezlashdi. Sigeyro Angliya terma jamoasidan misol keltirdi - Raxim Sterling uyiga qisqa safardan keyin jamoaga qaytdi.

Benzema finalga borishi mumkin - katta ehtimol bilan tomoshabin sifatida

AS nashri xabariga ko‘ra, "Real Madrid" Benzemaga agar xohlasa, Qatarga borishga ruxsat bergan. Balki Karim haqiqatan ham borar - Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning o‘zi ham uni (shuningdek, Ngolo Konte va Pol Pogbani) finalda ko‘rishni istamoqda.

“Men bilaman, u buni xohlaydi. Rivojlanayotgan reja. Keling, logistika va qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan nima qilishimiz mumkinligini ko‘rib chiqaylik.

Fransiya prezidentning xohishi ularning hozir shu yerda bo‘lishlari, bu sarguzashtda ishtirok etishlari”, dedi Fransiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera.

Nazariy jihatdan, Karim maydonga ham tushishi mumkin - u qaydnomadag chiqarib yuborilmagan, shuning uchun u medalga umid qilishi mumkin. Ammo o‘ynash uchun real imkoniyatlar yo‘q - Benzema uch hafta ichida terma jamoa bilan birorta mashg‘ulot o‘tkazmadi.

Umuman olganda, Karimning o‘rniga hech kim chaqirilmagani, faktning o‘zi ham alohida izohlanmagani ajablanarli ko‘rinadi. Da’vogarlar yetarli bo‘lsa-da - Marsyal, Diabi va o‘sha paytda Doha yaqinida dam olayotgan Ben Yedder.

Hozirda Karim hali ham FIFA saytidagi qaydnomada bor:

Benzema bor-yo‘g‘i bitta mundialda ishtirok etgan

Benzema o‘z faoliyatida uch bor Yevropa chempionati va faqat bir marta jahon chempionatida ishtirok etgan. Yevro-2012'da uning omadi kelmadi – Fransiya chorak finaldan nariga o‘ta olmadi. 2014 yilgi Jahon chempionatida esa u beshta to‘liq o‘yin o‘tkazdi va guruh bosqichida 3 ta gol urdi. 1/4 finalda "uch ranglilar" Germaniyaga yengilib, turnirni tark etishdi.

Hozirda to‘liq sport formasiga qaytib olmagan Benzema xizmatlaridan Deshamning finalda foydalanmaslik ehtimoli 99,9 foizga teng. Hozirda "Milan" futbolchisi Olivye Jiru termaning hujum markazidani tom ma’noda yetakchisiga aylandi. Jiru turnir davomida 6 ta o‘yinda 4 ta golni himobiga yozdirib qo‘ydi. Shu sababli hozirda milliy jamoaning Karimga bo‘lgan ehtiyoji deyarli yo‘q.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 22:10, 16.12.2022.
O'qildi: 2062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.