Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fransiya terma jamoasi futbolchilari tuya grippiga chalinishdimi?

Fransiya terma jamoasi futbolchilari tuya grippiga chalinishdimi?

Baho:
+1 | -

Fransiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayogan jahon chempionati finaliga chiqdi va endi 2018 yilda Rossiyada qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonini himoya qilishga imkon qadar yaqin turibdi.

Tabiiyki, hamma narsa unchalik oddiy emas - hal qiluvchi qadam eng qiyin bo‘ladi: "yonayotgan" Messi boshchiligidagi Argentina yakshanba kuni fransuzlar bilan to‘qnash keladi.

Ammo Fransiya terma jamoasi muxlislari so‘nggi kunlarda nafaqat yuqori darajadagi raqib bilan bo‘ladigan uchrashuvni intizorlik bilan kutishmoqda, balki, tarkibdan birin-ketin tushib qolayotgan futbolchilar haqida qayg‘urishmoqda. Desham jamoasining bir nechta o‘yinchilari birdaniga kam uchraydigan kasallikni yuqtirib olishdi, endi ular final o‘yinida o‘z jamoasiga yordam berishlari aniq emas.

Ayrim ommaviy axborot vositalari futbolchilar tuya grippi deb ataladigan kasallikka chalingani haqida xabar berishdi. Uning belgilari odatiy holdir (yo‘tal, isitma, qusish), ammo jiddiy o‘lim darajasi taxminan 35 foiz. Biroq, Qatar stadionlaridagi kondisionerlar tufayli futbolchilar oddiygina shamollab qolgan bo‘lishi ehtimoli bor, muxlislar ham, sportchilar ham ko‘cha bilan solishtirganda havo harorati keskin pasayganini qayd etib, ulardan shikoyat qilishgan.

"Dohada harorat pasayib ketdi va kondisionerlar doimo ishlashda davom etmoqda. Bizda bir nechta grippga o‘xshash holatlar mavjud. Biz virus tarqalishidan ehtiyot bo‘lishga harakat qilyapmiz", - dedi Fransiya bosh murabbiyi Didye Desham.

Kim aniq kasal bo‘lib qoldi? Asosiy tarkibdagi Dayot Upamekano va Adriyen Rabyo Marokashga qarshi yarim finalni o‘tkazib yuborishdi, ammo hozir ular o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va payshanba kungi mashg‘ulotlarga kirishishdi. Keyinroq kechagi mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan Kingsli Komanda ham shamollash alomatlari sezildi. Bugun Varan va Konateda alomatlar paydo bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi va ikkinchisi kasallikdan qattiqroq azob chekmoqda.

Ulardan qaysi biri hali ham finalda Fransiyaga yordam bera oladi, hozircha noma’lum. Hamma futbolchi finalgacha tiklanishga ulgursa ham, Desham jamoasining tayyorgarligiga zarba berilgan, demak, Argentina biroz ustunlikka ega.

Fransiya uchun asosiysi, terma jamoa yetakchilarini xuddi o‘sha Mbappe va Grizmanni yo‘qotmaslik. Aks holda, kadrlar almashinuvi bilan bu vaziyatdan chiqishning iloji bo‘lmaydi.

Darvoqe, TeleFootball xabariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasida o‘z-o‘zidan sirli kasallik paydo bo‘lgan: OAV futbolchilarning azaliy raqiblari bo‘lmish inglizlarga qarshi uchrashuv chog‘ida bu kasallikka chalinganini xabar qilmoqda.

Agar shunday bo‘lsa, Angliya terma jamoasi Fransiyani turnirdan chiqarib yubora olmasa ham, hech bo‘lmaganda uning hayotini jiddiy ravishda buzishdi.

Kiritildi: 23:39, 16.12.2022.
O'qildi: 3667 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.