Italiyalik sobiq hujumchi Antonio Kassano JCH-2022 finalidan nima kutayotganini aytdi.
18 dekabr kuni Argentina va Fransiya terma jamoalari hal qiluvchi bahsda to‘qnash kelib, Qatar mundial g‘olibini aniqlab beradi. Kassano Argentinani qo‘llab-quvvatlashini tan oldi, biroq o‘yinda favorit ko‘rmayapti:
“Menimcha, imkoniyatlar taxminan 50-50. Fransiya tarkibi bo‘yicha Argentinadan ustun, ammo argentinaliklarda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bor. Bu har doim qo‘shimcha qiymat hissi beradi. Men Leo va uning jamoasining g‘alabasiga umid qilaman", - deya mashhur italiyalikning so‘zlarini keltiradi TWM nashri.