"Ayaks" ahon chempionatida yaxshi ishtirok etib, Gana terma jamoasi yetakchisiga aylangan Muhammad Kudus bilan xayrlashishi mumkin. Futbolchiga ko‘plab klublar, jumladan, Angliya premyer-ligasidan ham qiziqish bildirmoqda. Fichajes'ning xabariga ko‘ra, hujumni kuchaytirishi kerak bo‘lgan Angliyaning "Everton" klubi uning xizmatlariga alohida qiziqish bildirmoqda.
Liverpulliklar Premyer-liganing 15 o‘yinida bor-yo‘g‘i 11 ta gol urdi - faqat "Vulverxempton"ning ahvoli bundan ham yomonroq. Gap inglizlarga Kudusni yaqinlashib kelayotgan yozni kutmasdan hoziroq sotib olish imkonini beradigan kelishuv haqida bormoqda.