"Liverpul" va Roberto Firmino o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, deya tasdiqlaydi Liverpool Echo.
"Qizillar" braziliyalik futbolchining kelajagi haqidagi mish-mishlarga tezda barham berib, u bilan yil oxirigacha yangi shartnoma imzolashga qaror qildi.
Mersisaydliklar Firmino kelajagi haqidagi taxminlarni 2023 yilda yangi shartnoma bilan tugatishga umid qilmoqda. 31 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLda 7 ta gol urdi, bu o‘tgan mavsumdagidan ko‘proq.
Oldinroq Firmino 2025 yilgacha klubda qolishga tayyorligi xabar qilingandi.