Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Grizmanning bekor bo‘lgan goli, Shensnining Messiga ishlatgan qo‘polligi, Ronaldu foydasiga belgilangan penalti. JCH-2022'da VAR tomonidan chiqarilgan bahsli qarorlar top-10ligi

Grizmanning bekor bo‘lgan goli, Shensnining Messiga ishlatgan qo‘polligi, Ronaldu foydasiga belgilangan penalti. JCH-2022'da VAR tomonidan chiqarilgan bahsli qarorlar top-10ligi

Baho:
+ | -

Amerikaning ESPN nashri Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida VAR tomonidan chiqarilgan bahsli qarorlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra Fransiyaning guruh bosqichi 3-turida Tunisga urgan goli bekor qilingani birinchi o‘rinni egalladi. Antuan Grizmann Afrika jamoasi darvozasini ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 8-daqiqada ishg‘ol qildi. Bosh hakam Mettyu Konjer o‘yin yakunlanganini bildiruvchi hushtakni chaldi va shundan so‘ng videotakrorni ko‘rish uchun yo‘l oldi. Natijada, Konjer gol o‘yindan tashqari holatda urilgan deb topdi, yakunda Fransiya mag‘lub bo‘ldi.

Keyinchalik fransuzlar ushbu qaror bo‘yicha apellyasiya berdi, biroq FIFA buni rad etdi.

VAR ishtirokidagi bahsli qarorlar reytingi:

1. Grizmanning Tunis darvozasiga urgan goli bekor bo‘lgani;

2. Urugvay himoyachisi Xose Ximenesning qo‘liga to‘p tekkani bois Portugaliya foydasiga belgilangan penalti;

3. Polsha darvozaboni Shensnining Lionel Messiga ishlatgan qo‘polligi sababli belgilangan penalti;

4. To‘pning maydonni ehtimoliy tark etganidan so‘ng yaponiyalik futbolchi Ao Tanakaning Ispaniyaga urgan goli;

5. Ekvador hujumchisi Enner Valensiyaning Qatar darvozasiga urgan goli o‘yindan tashqari holat tufayli bekor bo‘lishi;

6. Fransiyalik himoyachi Teo Ernandes Marokash futbolchisi Sofyan Bufalning oyog‘iga bergan zarbasidan so‘ng penalti belgilanmasligi;

7. Angliyalik Harri Keyn Fransiya himoyachisi Dayo Upamekano bilan to‘qnashuv oqibatida yerga yiqilishidan so‘ng penalti berilmagani;

8. Krishtianu Ronalduning ganalik himoyachi Muhammad Salisu bilan to‘qnashuvidan so‘ng belgilangan penalti;

9. Gana himoyachisi Deniel Amarti va Urugvay hujumchisi Darvin Nunez bilan bog‘liq vaziyatda penalti belgilanmagani;

10. Xorvatiya a’zosi Deyan Lovrenning o‘yindan tashqari holatda qolgani tufayli Belgiya darvozasi tomon tepilishi kerak bo‘lgan penaltining bekor qilinishi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:32, 21.12.2022.
O'qildi: 5167 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.