Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Mourinyo Braziliyani boshqarishga da’vogarlar safiga kirdi

Mourinyo Braziliyani boshqarishga da’vogarlar safiga kirdi

Baho:
+ | -

"Roma" ustozi Joze Mourinyo Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun yana bir da’vogarga aylandi, deb xabar beradi La Republicca.

Portugaliyalik mutaxassis Titening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sanaladi.

Yaqin orada mahalliy federasiya vakillari Mourinyo bilan bog‘lanishi kutilmoqda. Prezident Ednaldo Rodriges taniqli xalqaro vositachiga Joze bilan muloqot boshlash vazifasini topshirib, muzokaralarni shaxsan o‘z zimmasiga olishga qaror qildi. Uning agent Xorxe Mendesh bilan yaxshi aloqalari borligi aytiladi.

Avvalroq, Portugaliya terma jamoasidan Mourinyoga qiziqish bildirilayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Murabbiyning o‘zi "Roma"dagi vaziyatdan unchalik mamnun emas - unga moliyaviy feyr-pley qoidalari tufayli resurslar cheklangani haqida ma’lum qilishdi.

Rimliklar bilan amaldagi shartnoma 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:16, 23.12.2022.
O'qildi: 1092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик