"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul" bilan Angliya liga kubogining 1/8 final bosqichida (3:2) yarim himoyachi Kalvin Fillipsning yo‘qligi haqida gapirdi.
“U jarohat olmadi, ortiqcha vazn bilan qaytdi. Negaligini bilmayman. Kalvin mashg‘ulot va o‘ynash uchun yaroqsiz holatda keldi. Shuning uchun u o‘ynay olmaydi. Qachonki u tayyor bo‘lsa, o‘ynaydi, chunki u bizga kerak.
Men xafa bo‘ldimmi? Bu Kalvin bilan shaxsiy suhbat", - deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters.
“Manchester Siti” turnirning chorak finalida “Sautgempton”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 10 yoki 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.