Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

"Arsenal" Mudrik uchun 60 millionlik taklif qildi. Ukraina klubi ko‘proq xohlamoqda

"Arsenal" Mudrik uchun 60 millionlik taklif qildi. Ukraina klubi ko‘proq xohlamoqda

Baho:
+ | -

"Arsenal" "Shaxtyor" futbolchisini transfer qilish taklifi bilan chiqdi.

Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, London klubi Mixail Mudrik uchun 60 mln yevro taklif qilgan. Mablag‘ning katta qismi - 40 million yevro - "kanonirlar" darhol to‘lamoqchi, yana 20 million - bonuslar.

Biroq, ukrainaliklarni bunday shartlar qoniqtirmaydi - ular ko‘proq pul olishni xohlashadi. Futbolchining o‘zi ham Premyer-ligaga yo‘l olmoqchi. Tez orada Mudrikning agenti bilan ehtimoliy kelishuv muhokama qilinadi.

UPLning joriy mavsumida 21 yoshli vinger 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:54, 27.12.2022.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик