Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Legionerlarimiz: O‘z vatanida qahramon, Turkiyada esa jangchi

Legionerlarimiz: O‘z vatanida qahramon, Turkiyada esa jangchi

Baho:
+ | -

Faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov mamlakatning eng mashhur sport nashrlaridan biri - Fanatik jurnalistiga intervyu berdi.

 Bu uning turk diyorida ham ko‘zga tashlanib ulgurganidan dalolat, albatta. Omar Nekati Albayrak 26 yoshli futbolchi fikrlarini bayon etishdan oldin so‘zboshi sifatida uni ozginayu, sozgina ta’rifladi: «Otabek Shukurov - «Fotih Qoragyumruk» tomonidan mavsum boshida xarid qilingan futbolchilardan biri. Bu yigit sobiq klubi - «Sharja» safidagi barqaror o‘yinlari (jumladan, OCHLda) evaziga turk Superligasiga yo‘l oldi. U o‘z mamlakatida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. Chunonchi, Otabek futbol ortidan topgan mablag‘i bilan ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo‘shib, ochiq qalb egasi sifatida ko‘zga tashlandi. Yoshligidayoq terma jamoa sardori bog‘ichi ostida maydonga tushgan Shukurov endi «Qoragyumryuk»da eng foydali futbolchilardan biridir... 26 yoshli futbolchi biz bilan suhbatda maqsadi yevrofutbol markaziga tushish ekanligini yashirmadi: «Ayni payt o‘tish jarayonidaman, lekin bor e’tiborim Pirlodan o‘rganish va shartnomam bandlarini bajarishga qaratilgan». Muhimi, u hozir Turkiyada o‘ynayotganidan baxtiyor. Buni nigohidan ham osongina il­g‘ash mumkin».

Turkiyadagi birinchi o‘zbek

- Albatta, Turkiya ligasini tanlaganimdan xursandman. Bu men uchun yangi chaqiruv, o‘zgacha muhitdir. Turkiya Superligasida o‘ynagan birinchi o‘zbek bo‘lish faxr uyg‘otadi, albatta. Har qanday taqdirni boricha qabul qilishga tayyorman. Mahalliy liga haqidagi fikrlarim juda ijobiy. Chunonchi, bu yerda kuchli, raqobatbardosh jamoalar ko‘p. Salohiyat va imkoniyatlarini aniq maqsad sari ishga soladigan, natija uchun bor kuchini beradigan klublardan tashkil topgan ajoyib chempionat. Albatta, bunday futbolni ham o‘yinchi, ham muxlis sifatida qadrlayman. Eng asosiysi, bu yerda o‘ynayotganimdan bag‘oyat xursandman.

Har bir o‘yin final  maqomida

- Hamisha o‘z oldimga yuksak maqsadlarni qo‘yishga odatlanganman, futbol esa hayotimning poydevori, shuning uchun maydonga tushgach, barchasi men uchun mantiqan asosiy masalaga aylanadi. Oddiy aytganda, futbolga borimni beraman. Har bir o‘yinga shunday tayyorgarlik ko‘raman, ya’ni finaldek yondashaman. Mohiyatan jamoaning bir qismi sifatida qo‘limdan kelganini ishga solaman har doim.

Pirlo bilan har daqiqa muhim

- Pirlodek afsona bilan ishlash naqadar ajoyib... U nechog‘li zo‘r o‘ynaganini butun dunyo biladi. Men kabi yarim himoya vakili bo‘lganini hisobga olsak, murabbiydan o‘rganishim zarur jihatlar ko‘p. Hozir Pirlo bilan hamkorlikning har bir lahzasidan unumli foydalanish, undan imkon qadar ko‘proq narsa o‘rganish, yangicha qarashlarni shakllantirish maqsadida ishlayapman. Qisqasi, katta saboq olishga jiddiy bel bog‘laganman.

Asosiysi - shartnoma  majburiyatlari

- G‘arb klublari takliflariga kelsak, men uchun eng muhimi - «Fotih Qoragyumryuk» bilan amaldagi shartnomamga amal qilish. Professional futbolchi sifatida kelishuv shartlarini to‘liq bajarishni istayman. Jamoada o‘zimni yaxshi his qilyapman. Demak, bor e’tiborni shu klubga qaratishga qandaydir mone’lik yo‘q.

«Fotih Qoragyumruk» Turkiya kubogi 1|16 finalida «Ushakspor» bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Otabek Shukurov jamoasi maydonida bo‘lgan uchrashuvda Jan Kuassi, Ebrima Kolli va Kollin Richards o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Hamyurtimiz esa to‘liq 90 daqiqalik faolligi bilan g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Turkiya Superligasi 15-turidan o‘rin olgan «Adana Demispor»ga qarshi safar o‘yini esa «Fotih Qoragyumryuk» uchun omadsiz tugadi - 1:2. Adana klubidan Emre Akbaba «dubl» qayd etgan bo‘lsa, mehmonlar goliga italiyalik Fabio Borini mualliflik qildi. Otabek Shukurovga kelsak, u bu safar 75-daqiqada zaxiraga olindi. «Qoragyumryuk» hozirda 13 ochkoga ega va Superliga turnir jadvalining 17-pog‘onasida bormoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:09, 27.12.2022.
O'qildi: 2291 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.