Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Niholparvar murabbiy

Niholparvar murabbiy

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasidan qabul qilingan alamli mag‘lubiyat uchun Luis Enrike kechirishmadi va uni o‘z lavozimidan chetlatishdi.

Endi Ispaniya terma jamoasi Enrikening nomdoshi - Luis de la Fuente rahbarligida faoliyat yuritadi. 61 yoshli mutaxassis 2013 yildan shu paytgacha turli yosh toifalaridagi o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarini boshqarib keldi va o‘z vazifasini a’lo darajada uddalayotgandi. Gap nafaqat uning Bosh jamoaga yetkazib bergan bir talay yosh futbolchilar, balki ular bilan qo‘lga kiritilgan sovrinlar haqida.

2015 yilda ispaniyalik mutaxassis 19 yoshgacha bo‘lgan, 2019 yilda esa 21 yoshli shogirdlari bilan Yevropa chempionatida zafar quchdi. Shuningdek, u Tokio Olimpiadasida ham bosh murabbiy vazifasini ado etib, jamoani finalga olib chiqdi. Hal qiluvchi bellashuvda Ispaniya Braziliyaga imkoniyatni boy berdi.

De la Fuente nomzodini qo‘llab-quvvatlaydigan hal qiluvchi dalil - Qatar mundialining nimchorak finalida Marokash terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan jamoa a’zolarining deyarli barchasi Fuentening shogirdlari. Navqiron Gavi, Pedri, Fatidan tortib Asensio, Rodri va Dani Sebalyoslargacha. Mutaxassis Ispaniyada inson va malakali murabbiy sifatida yuksak nufuz va hurmat qozongan. U yosh futbolchilarni mukammallik sari yetaklash bilan birgalikda, natijani ham unutmaydiganlar toifasidan. 2019 yildagi qit’a birinchiligida qayd etilgan muvaffaqiyatdan keyin, Marca murabbiyga quyidagicha ta’rif bergandi:

«U bilan o‘tkazgan muloqotdan keyin, o‘zingizni baquvvat va yengil his etasiz, kayfiyatingiz ko‘tariladi. Luis de la Fuente - kun bo‘yi sport zalidagi mashg‘ulotlar evaziga topilgan jismoniy quvvat va insoniy fazilat sohibi. O‘z kasbiga mehr qo‘ygan, charchash nimaligini bilmaydigan fidoyi murabbiy. U doimo jamoa manfaatini ustun qo‘yadi, atrofidagilar ehtiyojiga e’tiborli, nomaqbul qiliqlardan xoli. Bu - Luis de la Fuente. U o‘ta murakkab vaziyatlarda ham tegishli yechimni topa oladigan mutaxassis, yoshlar terma jamoasi bilan yuksak cho‘qqilarni zabt etdi. buni faqat o‘z ishining ustalari uddalaydilar».

Yana bir jihat - futbolchi sifatida Luis de la Fuente unchalik mashhur emas. 80-yillarda u «Atletik», «Sevilya» jamoalarida to‘p surgan, 1994 yilda «Alaves» jamoasida butsalarini mixga ilgandi. Oradan 17 yil o‘tgach, shu jamoani murabbiy sifatida qabul qilib, atigi 3 oy boshqargandi. Ochig‘i, klublarda, ayniqsa katta yoshlilar jamoalarida ishlari yurishmagan, yoshlar bilan durustroq ishlagandi. Nurli cho‘qqilarga u terma jamoalar bilan ko‘tarildi.

Darvoqe, Luis de la Fuente bir marta milliy terma jamoani bosh murabbiy maqomida maydonga olib tushgandi. Shu yilning 8 iyunidagi Litvaga qarshi uchrashuvga Luis Enrike xastaligi (koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergandi) tufayli kela olmagandi. O‘sha bellashuv «qizil Furiya»ning yirik (4:0) g‘alabasi bilan nihoyasiga yetgandi.

Xullas, terma jamoaning yangi bosh murabbiyida tajriba bor. Endi undan o‘tmishdoshining xatolarini takrorlamaslik va shogirdlarini 11 metrli jarima zarbalarini samarali tepishga o‘rgatish talab etiladi. Shunda Ispaniya kuchli va raqobatbardosh jamoaga aylanishi aniq.

SODIQ SOBIR tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:03, 28.12.2022.
O'qildi: 1088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.